Vol. 1 No. 4 (2025): “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” mavzusidag IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami

Mazkur nashrda “Oʻzbekiston — 2030: innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” nomli IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida taqdim etilgan ilmiy maqolalar toʻplami jamlangan. Unda Oʻzbekistonning turli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq tashkilotlari, mustaqil tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot, huquq, biologiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid maqolalar kiritilgan. Maqolalarda ilm-fanning zamonaviy yoʻnalishlari, innovatsion texnologiyalar, ta’lim islohotlari hamda barqaror taraqqiyotga oid masalalar muhokama qilingan. Toʻplam akademik izlanishlar, amaliy tajribalar va ilmiy xulosalarni birlashtirgan holda, fanlararo integratsiyani chuqurlashtirish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.