IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI PRINSIPLARINI SUD XARAJATLARI INSTITUTIDA AKS ETTIRISH
Hissa qo‘shganlar
Farrux Babajanov
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Ushbu tezisda iqtisodiy protsessual huquq prinsiplarining sud xarajatlari institutida aks etishini tizimli yondashuv asosida o‘rganadi. Iqtisodiy protsessda sud xarajatlari instituti nafaqat moddiy xarajatlarni qoplash, balki jarayonning adolatli, qonuniy va samarali yuritilishini ta’minlashda muhim funksiyalarni bajaradi. Ishda iqtisodiy protsessual huquqning asosiy prinsiplaridan — qonuniylik, tortishuvchilik, teng huquqlilik va odil sudlov tamoyillarining sud xarajatlari institutida qanday ifodalanganligi batafsil tahlil qilinadi. Tortishuvchilik prinsipi, xususan, sud xarajatlarini taqsimlash jarayonida ishtirokchilarning dalillarini taqdim etishi va ularni isbotlash majburiyatlarini belgilaydi. Shu bilan birga, sud xarajatlarini qoplash tartibi iqtisodiy sudlarda ishlarni tez va samarali ko‘rib chiqishga yordam beradi, sud tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Mualliflar sud xarajatlari institutining normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlash va iqtisodiy protsessual huquq prinsiplariga muvofiq takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi, chunki bu ish yuritish sifatini oshirish va odil sudlovni ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Umuman olganda, ish iqtisodiy sudlarda sud xarajatlari institutining sud jarayonlarida o‘rni va roli, shuningdek, uning huquqiy tartibga solinishi masalalariga bag‘ishlangan.