Konferensiyalar roʻyxati


Variantlar mavjud emas


“Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Ushbu konferensiya zamonaviy ilm-fan yutuqlarini jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish, inson hayot sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoya va amaliy yechimlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan. Konferensiyada fan va taʼlim sohasidagi olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va amaliyotchilar ishtirok etadi. Asosiy e’tibor tarmoqlararo ilmiy hamkorlik, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va dolzarb ilmiy muammolarga kompleks yondashuvni shakllantirishga qaratiladi. Mavzular keng qamrovli bo‘lib, tabiiy, ijtimoiy, texnik va pedagogik fanlar doirasini qamrab oladi.

“OʻZBEKISTON — 2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“OʻZBEKISTON — 2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“Oʻzbekiston — 2030” taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini qamrab olgan holda, innovatsion yondashuv, fan va taʼlimni milliy rivojlanishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilab berdi. Mazkur strategiya asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, sohalardagi integratsiyani taʼminlash hamda amaliy yechimlarga eʼtiborni oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan, “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” mavzusidagi davriy Respublika koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.