IJODDAGI SHAXS VA ESTETIK POZITSIYA MUTANOSIBLIGI
Hissa qo‘shganlar
Temur Ro’ziyev
DOI
Kalit so‘zlar
Materiallar to‘plami
Yo‘nalish
General Track
Annotatsiya
Mazkur tezisda adabiy ijodda muallif shaxsiyati va uning estetik pozitsiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil etiladi. Ijodkorning dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va ijtimoiy-axloqiy qadriyatlari uning badiiy asarlarida qanday shakllanishi, estetik ideal bilan qanday uyg‘unlashgani tadqiq qilinadi. Estetik pozitsiya — bu ijodkorning go‘zallik, haqiqat, ezgulik kabi badiiy mezonlarga bo‘lgan munosabati bo‘lib, u asarlar orqali namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxs va estetik qarashlar uyg‘unligi san’atning mazmuniy va badiiy kuchini belgilaydi. Tezisda turli davr adiblarining ijodiy faoliyati misolida ushbu mutanosiblikning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Ishda adabiyotshunoslik nazariyasi va tahlil uslublaridan foydalanilgan bo‘lib, mavzu yosh ijodkorlar va adabiyotshunoslar uchun nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi