XALQ MAQOLLARINING KONTEKSTUAL TAHLILI
Участники
Dilfuza Turdaliyeva
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
Annotatsiya.Ushbu maqolada xalq maqollarining mumtoz she’riyat matnlarida qanday ishlatilishi,ularning matn mazmuniga qanday hissa qo‘shishi tahlil qilingan. Maqollarning grammatik tuzilishi, ularning she'riy matndagi sintaktik o‘rni va ularning boshqa til birliklari bilan aloqasi ham muhimligi, masalan, maqollarning qo‘shma gaplarda qanday ishlatilishi, yoki ulardan kelib chiqadigan grammatik jihatlar izohlangan. Maqollarning semantik ma'no jihatlarini o'rganish, ularning she'riy asardagi rolini aniqlashda yordam beradi. Maqollar qanday ma’nolarni o‘z ichiga olishi va bu ma’nolar she’riy matnning umumiy tematikasiga qanday mos kelishi ta’kidlanadi. Maqollar va she’riy matn o'rtasidagi leksik aloqalarni tahlil qilish, maqollarning leksik boyligini va matn ichida qanday ishlatilgani, maqollarning matn ichidagi kontekstual va grammatik jihatlarini tahlil qilish ham maqoladan o‘rin olgan.Mumtoz she’riyat matnlarida xalq maqollariga graduonimik yondashuvni o'rganish, maqollar va ularning she'riy asardagi rolini chuqurroq tushunishga yordam berishi, graduonimik yondashuv maqollarning matn ichidagi kontekstual va grammatik jihatlarini tahlil qilishni o'z ichiga olishi haqidagi nazariy masalalar ham maqola tarkibidan o‘rin olgan.Lisoniу darajalanish − til qonunlaridan biri bo‘lib, bu qonuniуatning takrorlanuvchan andazasi “muaууan til bеlgisining tadrijiу ozaуib yoki koʻpaуib borishi”dir.