Konferensiya doirasida taqdim etilgan maqolalar konferensiya toʻplami shaklida chop etiladi. Toʻplamga kiritilgan maqolalar konferensiyalar.uz anjumanlar platformasida elektron shaklda nashr qilinadi. Ma'lumot o'rnida "Sceinceproblems team" MChJ noshirlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega.
Toʻplamda chop etish uchun taqdim etilgan materiallarga DOI raqami beriladi, to'plam ISBN raqami bilan rasman ro'yxatdan o'tkaziladi. Google Scholar bazasida indeksatsiya qilinadi.
Прошедшая конференция
“Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi I Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Konferensiyaning maqsadi – ilmiy tadqiqotlar, texnologiyalar va amaliyot sohalari oʻrtasida muloqot platformasini yaratish, fanning turli yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalarni taqdim etish va ularni keng jamoatchilikka yetkazishdir.
“Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Tashkilotchilar:
Mazkur konferensiya “Scienceproblems Team” MCHJ tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va amaliyotchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning maqsadi:
Fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarida zamonaviy muammolarni yoritish hamda ularning inson manfaatiga xizmat qiluvchi ilg‘or yechimlarini muhokama qilish, shuningdek, yosh olimlar va amaliyotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish.
Asosiy yo‘nalishlar:
-
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
-
Tabiiy fanlar
-
Texnik va muhandislik fanlari
-
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Konferensiya shakli:
Onlayn va an’anaviy (aralash) shaklda tashkil etiladi.
Nashr ishlari:
Konferensiya materiallari alohida ilmiy to‘plam ko‘rinishida ISBN va DOI raqamlari bilan nashr etiladi va www.konferensiyalar.uz saytida erkin foydalanish uchun joylashtiriladi.