XORAZM TIPOLITOGRAFIYASIDA NASHR QILINGAN BA’ZI ADABIYOTLAR TAHLILI
Участники
Dilafruz Atamuratova
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
XVIII asr Turkiyada ilk tipografiya Vazir Ibrohim poshoning tashabbusi bilan sulton Ahmad III davrida ochilib, 1728-yil ilk mevasi – arab-turk lug‘ati bosib chiqariladi. Eronda ilk chop etilgan kitob 1825-yilda chiqariladi. Xivada toshbosma Muhammad Rahimxon II Feruz saroyi qoshida ochilgan bo‘lib, u asrlar davomida ko‘z qorachig‘iday asrab kelingan xalqning noyob madaniy merosi bo‘lgan qo‘lyozma asarlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullangan. Ba’zi manbalarda mazkur toshbosma 1877-yildan faoliyatini boshlaganligi to‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Bosmaxonada kitoblar asosan o‘zbek tilida nashr qilingan. Tadqiqotchilar mazkur toshbosma faoliyatini 1874-yildan ish boshlaganligini aniqlashga muyassar bo‘lishgan. Mazkur litografiya keyinchalik Xorazm matbuotining yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etdi. Toshbosma 1863-1910-yillarda ya’ni Xiva xoni Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida Xiva va uning tevarak-atrofidagi shoir va adabiyotchilar saroyda adabiy markaz shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Feruz ko‘magida shoirlarning o‘nlab devon va tarjimalari toshbosmada nashr qilindi. Bu davrda toshbosma faoliyatining ahamiyati kitob nusxalarini ko‘paytirishdan iborat bo‘lgan. Maqolada Xiva toshbosmasida nashr qilingan ba’zi adabiyotlar – devonlar borasida to‘xtalib o‘tiladi.