PODAGRIK NEFROPATIYADA BUYRAKLARNING SHIKASTLANISH MEXANIZMI
Участники
Safura Roʻzumbetova
Zamira Umarova
DOI
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
Podagra — purin almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali metabolik kasallik boʻlib, uning asosiy xususiyati natriy monourat (NMU) kristallarining boʻgʻimlar, tofuslar, ichki organlar, ayniqsa buyrak toʻqimalarida toʻplanishidir. Ushbu kristallar organizmda yalligʻlanish jarayonlarini boshlovchi asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Podagrik nefropatiya esa podagra bilan bogʻliq turli xil buyrak shikastlanishlarini ifodalaydi. Bu kasallik nafaqat kristallarning toʻplanishi, balki purin almashinuvi buzilishi, metabolik sindrom, gipertoniya va qon tomir patologiyalari bilan ham bevosita bogʻliq. Natriy monourat kristallarining yalligʻlanish taʼsiri interleykin-1α (IL-1α), interleykin-6 (IL-6), siklooksigenaza-2 (COX-2), kinazalar (Syk, p38 MAPK) va inflammasomalar orqali rivojlanadi. Bu jarayonlar podagrik nefropatiyaning rivojlanishida asosiy omil boʻlib, buyrak toʻqimalariga jiddiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada podagrik nefropatiyaning molekulyar asoslari, uning patogen mexanizmlari va buyraklarga taʼsiri haqida mavjud adabiyotlar tahlil qilingan.