TRIPS VA WIPO SHARTNOMALARI DOIRASIDA RAQAMLI AKTIVLAR HUQUQIY MAQOMINING EVOLYUTSIYASI
Участники
Shahrizoda Ergashova
DOI
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
Ushbu tezisda TRIPS bitimi va WIPO shartnomalari doirasida raqamli aktivlarning huquqiy maqomining shakllanishi va evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Raqamli kontentning intellektual mulk obyektlari sifatida rivojlanishi, ularning muhofazasi bilan bogʻliq xalqaro normalar, xususan TRIPSning 10-moddasi hamda WCT va WPPT kabi qoʻshimcha shartnomalar kontekstida yoritiladi. Shuningdek, raqamli obyektlarga nisbatan mualliflik huquqi, patent huquqi va savdo belgilariga oid huquqlarning tatbiq etilishi, ularning cheklovlari va zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Tezisda ushbu shartnomalarning zamonaviy texnologiyalar sharoitida qanday yondashuvlarni shakllantirgani va ularning huquqiy moslashuvchanligi baholanadi. Asosiy eʼtibor raqamli aktivlarga nisbatan xalqaro huquqiy mexanizmlarning evolyutsiyasi, ularning qoʻllanilishidagi tafovutlar va huquqiy boʻshliqlarni aniqlashga qaratilgan.