INSULTDA HARAKAT BUZILISHLARINI TRANSKRANIAL MAGNIT STIMULYATSIYA (TMS) YORDAMIDA KORREKSIYA QILISHNI OPTIMALLASHTIRISH
Участники
Miyasar Jumabaeva
Dilbar Xidoyatova
Nargiza Mansurova
DOI
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
Insult — bu global sog‘liq muammosi bo‘lib, nogironlikka olib keluvchi asosiy sabablardan biridir. Insultdan keyingi harakat buzilishlari, xususan, gemiparez va parezlar bemorlarning kundalik hayot sifatini keskin pasaytiradi hamda ularning mustaqil harakatlanish imkoniyatlarini cheklaydi. An’anaviy reabilitatsiya usullari har doim ham yetarlicha samarali bo‘lavermaydi, ayniqsa og‘ir klinik holatlarda. Shu sababli, zamonaviy, innovatsion usullarni qo‘llash zarurati ortib bormoqda.
Transkranial magnit stimulyatsiya (TMS) — bu invaziv bo‘lmagan, xavfsiz va nisbatan yangi neyromodulyatsion usul bo‘lib, insultdan keyingi neyroreabilitatsiyada istiqbolli vosita sifatida keng o‘rganilmoqda. TMS orqali bosh miya po‘stlog‘i (ko‘pincha motor korteks)ga magnit impulslar yuboriladi va bu orqali neyronlar faoliyati modulyatsiya qilinadi. Ushbu jarayon neyroplastiklikni rag‘batlantirish, kortikospinal yo‘llarning reaktivatsiyasi, ipsilateral tormozlovchi ta’sirni kamaytirish va zararlangan yarim sharning funksional tiklanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada TMSning insultdan keyingi harakat buzilishlarini korreksiya qilishdagi o‘rni, fiziologik va klinik asoslari, qo‘llanish protokollari, samaradorligini oshirish yo‘llari va ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida baholanishi yoritilgan. Bundan tashqari, maqolada TMSni boshqa terapiyalar bilan birgalikda qo‘llash va individualizatsiyalangan yondashuvlar orqali insultdan keyingi reabilitatsiyani optimallashtirish yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqola insult o‘tkazgan bemorlar bilan ishlovchi shifokorlar, neyroreabilitatsiya mutaxassislari va ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar uchun amaliy va nazariy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.