GERMANIYANING ILMIY-MADANIY TARAQQIYOTIDA OʻZBEKISTON VA GERMANIYA XALQ DIPLOMATIYASI DOIRASIDAGI HAMKORLIGINING OʻRNI
Участники
Sardor Umarov
DOI
Ключевые слова
Сборник материалов
Трек
General Track
Аннотация
Oʻzbekiston xalqi bilan Germaniya xalqlarining xalq diplomatiyasi doirasidagi aloqalari uzoq tarixga ega boʻlib, XIX asrning boshlaridan Turkiston hududlariga nemislarning kelishi bilan yanada jadallashdi. Bu davrda nemis millatiga mansub boʻlgan olim va tadqiqotchilar oʻlkani tadqiq qilish uchun kela boshladi. E.Eversman, M.Albrext, Bastian shular jumlasidan edi. Shu bilan birga XX asrning boshida Turkiston jadidchilari vakillari ham Germaniyaga bilim olishga yuborilgan edi. Oʻzbekiston-Germaniya madaniy-maʼnaviy hamda ilmiy-maʼrifiy aloqalari savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan kam boʻlmagan darajada yoʻlga qoʻyilgan. Tarixiy aloqalari bor ikki davlat bugungi globallashgan dunyoda ham madaniy-maʼnaviy, fan va maorif sohasida hamkorlikni jadal rivojlantirib bormoqda. Maqolada hozirgi kunda Germaniyada faoliyat olib borayotgan oʻzbek xalqi vakillarining bugungi Germaniyaning rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi u yerda mavjud boʻlgan turli jamoat va nodavlat tashkilotlari faoliyati misolida tahlil qilinadi.