SUG‘ORILADIGAN OʻTLOQI-TAQIR TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY TAVSIFI VA OZIQ MODDALAR ZARHIRASI (G‘ijduvon tumani misolida)
Contributors
Hilola Salimova
DOI
Keywords
Proceeding
Track
General Track
Abstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani sug‘oriladigan oʻtloqi-taqir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi va oziq moddalar zaxirasi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan. Tumanda sug‘oriladigan oʻtloqi-taqir tuproqlar umumiy maydonning 13,7 % ni yoki 2742,9 gektarni tashkil etadi. 1984 yilga nisbatan 2022 yilga kelib tuproqning agrokimyoviy tavsifi yaxshilangan. 1984 yil tuproqning haydalma (0-20 sm) qatlamida gumus miqdori, 0,85 %, 2022 yilda haydalma (0-25 sm) qatlamida 0,82 % ni tashkil etgan. Gumus zaxirasi 38 yilda 2,9 t/ga, yalpi azot 0,3 t/ga va yalpi kaliy esa 10,5 t/ga oshgan boʻlsa, yalpi fosfor zaxirasi 0,6 t/ga kamaygan. 1984 – 2022 yillar davomida tuproq tarkibidagi harakatchan oziq moddalar (N-NO3, N-NH4 va P2O5) bilan juda kam, almashinuvchan kaliy (K2O) bilan kam ta’minlanganligi keltirilgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish, tuproq unumdorligini oshirish uchun organik va mineral oʻg‘itlarni oziq moddalar bilan ta’minlanishini e’tiborga olib koʻllash tavsiya etilgan.